Namangan shahridagi Prezident maktabi
Maktab haqida

Prezident maktablari

Prezident maktabi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasasi hisoblanib, uning faoliyati yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun iqtidorli bolalarni aniqlash va o‘qitishni ta’minlashga qaratilgan.Maqsadimiz «Millatning xalqaro olimpiadalarda, tanlovlarda g‘olib bo‘ladigan va dunyoning eng yaxshi oliy o‘quv yurtlariga kira oladigan kelajakdagi yetakchilarini, o‘quvchilarini tayyorlash. Biz jahon maydonida raqobatbardosh bo‘la oladigan yetakchilarni tarbiyalaymiz». 
Qo'shimcha ma'lumotlar
Ovqatlanish vaqtlari-icon

Ovqatlanish vaqtlari

5 mahal ovqatlanish, bepul

Maktab formasi-icon

Maktab formasi

bor, bepul

Maktab yotoqxonasi-icon

Maktab yotoqxonasi

bor, bepul


Batafsil
Tashkil etilgan sana:2019 yil.
Joylashishi:Namangan shahri, Islom Karimov ko’chasi
Direktor:Pirnazarov Abdurasul Umtaliyevicih
Bog’lanish uchun

+998 69 226 56 46

+998 69 226 56 50

Saythttps://pm.piima.uz
Elektron pochta:prmnad@piima.uz
Ixtisosligi;Tabiiy va aniq fanlar,  xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalari
Ta’lim ko’rinishi:aralash (o’g’il va qiz bolalar birgalikda o’qitiladi)
Ta’lim tili:o’zbek  va ingliz tillari
O’qituvchilar soni:Mahalliy 20 ta, chet ellik 7 ta
O’quvchilar soni142 nafar
Ovqatlanish:5 mahal ovqatlanish, bepul
Maktab formasi:bor, bepul
Yotoqxona:bor, bepul

Jihozlash va uskunalar:

 

Maktabimiz standart texnik maktab jihozlaridan tashqari, nazariy bilimlarni amalda mustahkamlash uchun maxsus ishlab chiqilgan uskunalar bilan boyitilgan. 

STEAM fanlari uchun maxsus jihozlangan zamonaviy o’quv xonalarga ega. So’nggi rusumdagi texnologiyalar bilan jihozlangan komptuter sinflari  o'quv maqsadlariga mo'ljallangan bo’lib, o'quvchilar darsdan tashqari vaqtda ham kompyuterda izlanish olib borish imkoniyatiga egalar. Har bir o’quv sinfida Smartboardlar bor.

Yaratilgan sharoitlar:

Maktabda tibbiyot honasi mavjud bo’lib o’quvchilar sog’liqlari doimiy nazoratda, o’quv muassasasida sportga katta e'tibor beriladi. Maktabning sport majmuasi barcha zarur sport anjomlari bilan ta’minlangan, cho’milish havzasi, basketbol va futbol maydonchalari o’quvchilar ixtiyorida. Maktabda o’quvchilar o’rtasida turli sport musobaqalari o’tkazilib kelinadi. Maktab kutubhonasida               badiiy va o’quv adabiyotlari mavjud bo’lib o’quvchlar ulardan o’zlarining bo’sh vaqtlarida foydalanib kelishmoqda.