Mirzo Ulug’bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati
Qo'shimcha ma'lumotlar
Ovqatlanish vaqtlari-icon

Ovqatlanish vaqtlari

4 mahal ovqatlanish, bepul

Maktab formasi-icon

Maktab formasi

bepul

Maktab yotoqxonasi-icon

Maktab yotoqxonasi

bepul


Batafsil
Tashkil etilgan sana:2019 yil.
Joylashishi:Toshkent shaxri, Yunusobod  tumani,Chingiz Aytmatov ko‘chasi,1-tor 9-uy
Direktor:To‘ychiyev Olimjon Alijonovich
Bog’lanish uchun+99855 503-50-07
Saythttps://muimi.uz
Elektron pochta:mimud@piima.uz
Ixtisosligi:Fizika, matematika, astronomiya
Ta’lim ko’rinishi:aralash (o’g’il va qiz bolalar birgalikda o’qitiladi)
Ta’lim tili:O‘zbek va rus tillari
Sinflar:7-sinfdan 11 -sinfgacha
O’qituvchilar soni:20
O’quvchilar soni160 nafar
Ovqatlanish:4 mahal ovqatlanish, bepul
Maktab formasi:klassik uslubdagi forma, bepul
Yotoqxona:3 qavatli yotoqxona, bepul

Jihozlash va uskunalar:

 

Maktabimiz standart texnik maktab jihozlaridan tashqari, nazariy bilimlarni amalda mustahkamlash uchun maxsus ishlab chiqilgan uskunalar bilan boyitilgan. LX 600 ohirgi rusmdagi teleskop, astronomiya xonalarida kichikroq hajmdagi teleskoplar, biologiya, kimyo, fizika xonalarida, dars va laborotoriya ishlari uchun barcha kerakli jihoz va uskunalar bilan taminlangan. Maktabda Wi-Fi, har bir o‘quv xonada kompyuterlar mavjud va har bir sinfning o‘quv xonasi televizorlar bilan taminlangan. Bundan tashqari Promethan sensorli televizori, Holomax  3D uskunasi mavjud bo’lib, ilmiy laboratoriyalar va namoyish zallari zamonaviy jihozlarga ega.       
Yaratilgan sharoitlar:

Maktabda o‘z tibbiy markazi mavjud. Muassasa sportga katta e’tibor beradi. Maktabning sport majmuasi barcha zarur jihozlar bilan jihozlangan.

Matematika, fizika va Ingliz tili fanlaridan fakultativ to‘garaklar, robototexnika va dasturlash bo‘yicha to‘garaklar olib borilmoqda.