Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Qo'shimcha ma'lumotlar
Ovqatlanish vaqtlari-icon

Ovqatlanish vaqtlari

5 mahal ovqatlanish, bepul

Maktab formasi-icon

Maktab formasi

klassik uslubdagi forma

Maktab yotoqxonasi-icon

Maktab yotoqxonasi

bor, bepul


Batafsil
Tashkil etilgan sana:2017 yil
Joylashishi:Toshkent shahri,yashnabod tumani, Mahtumquli ko’chasi.
Direktor:Shakirova Sevara Boxodirovna
Bog’lanish uchun+998 (55) 501 50 50
Saythttps://ictschool.uz
Elektron pochta:info@ictschool.uz
Ixtisosligi;matematika, fizika, informatika , ingliz tili.
Ta’lim ko’rinishi:aralash (o’g’il va qiz bolalar birgalikda o’qitiladi)
Ta’lim tili:O‘zbek tili
Sinflar:5-sinfdan 11 -sinfgacha
O’qituvchilar soni:91
O’quvchilar soni844 nafar
Ovqatlanish:5 mahal ovqatlanish, bepul
Maktab formasi:klassik uslubdagi forma
Yotoqxona:bor, bepul

Jihozlash va uskunalar:

 

Maktabimiz zamonaviy standartlar   asosida   jihozlangan bo’lib, o’quvchilar olgan  nazariy bilimlarini amalda mustahkamlashlari uchun maxsus ishlab chiqilgan uskunalar bilan boyitilgan. Ilmiy laboratoriyalar va namoyish zallari, 500 o’rinli faollar zali zamonaviy jihozlarga ega. 10 ta so’ngi modeldagi kompyuterlar bilan jihozlangan it labaratoriyalar mavjud.

        Maktab va yotoqxona hududida tibbiy markaz va izolyator mavjud. Muassasa sportga katta e’tibor beradi. Maktabning sport majmuasi barcha zarur jihozlar bilan jihozlangan. 125 nafar o’quvchiga mo’ljallangan,  3000 dan ziyod badiiy adabiyotga ega bo’lgan kutubxona   faoliyat ko’rsatadi. Robototexnika va sxemotexnika xonalari barcha zaruriy texnika bilan jihozlangan.

Yaratilgan sharoitlar:

         Ixtisoslashtirilgan fanlar matematika, fizika, informatika va ingliz tili bo’yicha   alohida dastur ishlab chiqilgan,    fakultativlar  tashkil etilgan. O’quvchilar uchun  robototexnika va sportning dzyudo turi bo’yicha to’garaklar tashkillashtirilgan. Maktab faoliyatini yoritib borish, video darslar ishlab chiqish va loyihalar ustida islash maqsadida, zamonaviy texnika bilan jihozlangan  media markaz tashkil etilgan.

Maktab o’quvchilari  matematika, fizika va informatika fanlaridan olimpiadalarda  muntazam ishtirok etib kelishmoqda.

2020 yil O’zbekistonda ilk bor o’tkazilgan  “Roboto-uz.” Musobaqasida Muhammad al-Xorazmiy maktabi o’quvchilari qatnashib sovrinli bibinchi o’rinni egallashgan.