Tashkil etilgan sana: | 2018 yil 19 iyul |
Joylashishi: | Olmazor tumani, Mirzo G‘olib ko‘chasi 1-uy |
Direktor: | Kamolov Jamoliddin Sayfiddinovich |
Bog’lanish uchun | +998 (71) 246 80 63 |
Sayt: | https://www.ibnsino-maktab.uz |
Elektron pochta: | info@ibnsino-maktab.uz |
Ixtisosligi: | Kimyo va biologiya fanlari |
Ta’lim ko’rinishi: | aralash (o‘g‘il va qiz bolalar birgalikda o‘qitiladi) |
Ta’lim tili: | O‘zbek va rus tillarida |
Sinflar: | 7-sinfdan 11 -sinfgacha |
O’qituvchilar soni: | 76 |
O’quvchilar soni: | 480 ta |
Ovqatlanish: | 5 mahal ovqatlanish, bepul |
Maktab formasi: | bor |
Yotoqxona: | bor, bepul |
Jihozlash va uskunalar: | STEAM fanlari uchun maxsus jihozlangan zamonaviy o‘quv xonalarga ega. So‘nggi rusumdagi xorijiy va zamonaviy mebellar, o‘quv qurollari, o‘quvchilar parta va stullari, yotoqxona yumshoq jihozlari, texnologiyalar bilan jihozlangan. O‘quvchilar darsdan tashqari vaqtda ham kompyuterda izlanish va ilmiy ishlar olib borish imkoniyatiga egalar. Har bir o‘quv sinfida Smartboardlar bor. |
Yaratilgan sharoitlar: | Maktabning А блок. – 4 qavatli 480 nafar o‘quvchi o‘ringa mo‘ljallangan asosiy o‘quv binosida 24 ta sinf xonasi, 120 o‘rinli konferens zal, o‘qituvchilar xonasi, badiiy va o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlangan Axborot resurs markazi, “Innovatsion laboratoriya”, “Kichik akademiklar”, “Robototexnika”, musiqa, texnologiya va “metodbirlashma” xonalari hamda o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan psixolog, stelist, gimnastika va echinish xonalari tashkil etilgan. Maktabning B блок. – 2 qavatli 280 nafar o‘quvchi o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy laboratoriyalar o‘quv binosida 4 ta bilogiya, 4 ta kimyo, 2 ta fizika laboratoriya xonalari hamda 13 ta sinf xonasi, 60 o‘rinli kichik konferens zal tashkil etilgan. Maktabning sport majmuasi – o‘quvchilar o‘rtasida turli sport musobaqalarini o‘tkazish uchun 36x18 o‘lchamli sport zali, basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi va mini futbol maydonchasi mavjud bo‘lib, barcha zarur sport anjomlari bilan ta’minlangan. Shuningdek, 9x15 o‘lchamli yopiq suv havzasi barpo etilgan.O‘quvchilar turar joyi - 4 qavatli 310 nafar o‘quvchi o‘ringa mo‘ljallangan barcha qulayliklarga ega o‘quvchilar mehmonxonasi faoliyat ko‘rsatadi. Uning har bir qavatida yuvinish xonalari, hojatxonalar va dam olish maydonchalari, o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun “Innovatsion laboratoriya”, tibbiyot xonasi, kir yuvish xonasi navjud. O‘quvchilar oshxonasi - 1 qavatli 250 nafar o‘quvchi o‘ringa mo‘ljallangan barcha qulayliklarga ega oshxona faoliyat ko‘rsatadi. O‘quvchilar uchun 5 mahal bepul ovqatlanish tashkil etilgan. Maktab hududi – 3,75 Ga bo‘lib jami 2009 ta turli xil mevali va dekoratuv daraxtlar mavjud. Ayni kunda, 4 xil navdagi 500 ta olma ko‘chatlaridan intehsiv bog‘ yaratildi. Shuningdek, maktabda WiFi zona tashkil etilgan. |