Tashkil etilgan sana: | 2021 yil. |
Joylashishi: | Qarshi shahri, Mustaqillik ko’chasi, 1 |
Direktor: | Sodiqov Sardor Sodiqovich |
Bog’lanish uchun | +998 75 220 07 70 |
Sayt: | |
Elektron pochta: | prmqdd@piima.uz |
Ixtisosligi; | Tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalari |
Ta’lim ko’rinishi: | aralash (o’g’il va qiz bolalar birgalikda o’qitiladi) |
Ta’lim tili: | O’zbek va Ingliz tillari |
O’qituvchilar soni: | Mahalliy 25 ta, xorijlik 5 ta |
O’quvchilar soni: | 144 nafar |
Ovqatlanish: | 5 mahal ovqatlanish, bepul |
Maktab formasi: | bor, bepul |
Yotoqxona: | bor, bepul |
Jihozlash va uskunalar:
| Maktabimiz standart texnik maktab jihozlaridan tashqari, nazariy bilimlarni amalda mustahkamlash uchun maxsus ishlab chiqilgan uskunalar bilan boyitilgan. STEAM fanlari uchun maxsus jihozlangan zamonaviy o’quv xonalarga ega. So’nggi rusumdagi texnologiyalar bilan jihozlangan komptuter sinflari o'quv maqsadlariga mo'ljallangan bo’lib, o'quvchilar darsdan tashqari vaqtda ham kompyuterda izlanish olib borish imkoniyatiga egalar. Har bir o’quv sinfida Smartboardlar bor. |
Yaratilgan sharoitlar: | Maktabda tibbiyot honasi mavjud bo’lib o’quvchilar sog’liqlari doimiy nazoratda, o’quv muassasasida sportga katta e'tibor beriladi. Maktabning sport majmuasi barcha zarur sport anjomlari bilan ta’minlangan, suzish havzasi, basketbol va futbol maydonchalari o’quvchilar ixtiyorida. Maktabda o’quvchilar o’rtasida turli sport musobaqalari o’tkazilib kelinadi. Maktab kutubhonasida badiiy va o’quv adabiyotlari mavjud bo’lib o’quvchlar ulardan o’zlarining bo’sh vaqtlarida foydalanib kelishmoqda. Maktab o’zining shaxsiy avtobusiga ega. |