Samarqand shahridagi Prezident maktabi
Maktab haqida

Prezident maktablari

Prezident maktabi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasasi hisoblanib, uning faoliyati yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun iqtidorli bolalarni aniqlash va o‘qitishni ta’minlashga qaratilgan.Maqsadimiz«Millatning xalqaro olimpiadalarda, tanlovlarda g‘olib bo‘ladigan va dunyoning eng yaxshi oliy o‘quv yurtlariga kira oladigan kelajakdagi yetakchilarini, o‘quvchilarini tayyorlash. Biz jahon maydonida raqobatbardosh bo‘la oladigan yetakchilarni tarbiyalaymiz».
Qo'shimcha ma'lumotlar
Ovqatlanish vaqtlari-icon

Ovqatlanish vaqtlari

5 mahal ovqatlanish, bepul

Maktab formasi-icon

Maktab formasi

bepul

Maktab yotoqxonasi-icon

Maktab yotoqxonasi

bepul


Batafsil
Tashkil etilgan sana:2021 yil.
Joylashishi:Samarqand shahri, Amir Temur koʻchasi, 82 uy
Direktor:Mirubaydov Nasimjon Shuxratovich
Bogʻlanish uchunTel.:(+998-55) 702-22-33 
Saytwww.piima.uz
Elektron pochta:prmsnd@piima.uz 
Ixtisosligi;Tabiiy va aniq fanlar,  xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalari
Ta’lim koʻrinishi:aralash (oʻgʻil va qiz bolalar birgalikda oʻqitiladi)
Ta’lim tili:Oʻzbek va ingliz tillari
Oʻqituvchilar soni:Mahalliy 25 nafar, Xorijlik 10 nafar
Oʻquvchilar soni169 nafar
Ovqatlanish:5 mahal ovqatlanish, bepul
Maktab formasi:bor, bepul
Yotoqxona:bor, bepul
Jihozlash va uskunalar:

Maktabimiz standart texnik maktab jihozlaridan tashqari, nazariy bilimlarni amalda mustahkamlash uchun maxsus ishlab chiqilgan uskunalar bilan boyitilgan. 

STEAM fanlari uchun maxsus jihozlangan zamonaviy o’quv xonalarga ega. Soʻnggi rusumdagi texnologiyalar bilan jihozlangan komptuter sinflari  oʻquv maqsadlariga mo'ljallangan boʻlib, oʻquvchilar darsdan tashqari vaqtda ham kompyuterda izlanish olib borish imkoniyatiga egalar. Har bir oʻquv sinfida Smartboardlar bor.

Yaratilgan sharoitlar:Maktabda tibbiyot xonasi mavjud bo’lib oʻquvchilar sogʻliqlari doimiy nazoratda, oʻquv muassasasida sportga katta e'tibor beriladi. Maktabning sport majmuasi barcha zarur sport anjomlari bilan ta’minlangan, choʻmilish havzasi, basketbol va futbol maydonchalari oʻquvchilar ixtiyorida. Maktabda oʻquvchilar oʻrtasida turli sport musobaqalari oʻtkazilib kelinadi. Maktab kutubxonasida badiiy va oʻquv adabiyotlari mavjud boʻlib oʻquvchlar ulardan oʻzlarining boʻsh vaqtlarida foydalanib kelishmoqda.