TURKIYALIK OLIMLAR ISHTIROKIDA MAHORAT DARSI

#mahorat_darsi 
#xalqaro_hamkorlik 

Agentlik tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida Turkiyaning Bartin universiteti professor va doktorlari Orhan Uzun hamda Ahmet Yirmibesh ishtirokida mahorat darsi oʻtkazildi.

Xorazm Maʼmun akademiyasi, Urganch davlat universiteti hamkorligida va ijod maktabi turk tili oʻqituvchisi Ogun Yavuzda tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy kabi olimlarning jahon tamadduniga qoʻshgan hissasi, bugungi yosh avlod ana shunday buyuk ajdodlarga munosib voris sifatida ilm-fan choʻqqilarini egallashlari lozimligi taʼkidlandi.

Mahorat darsida turkiyalik olimlar oʻz sohalari boʻyicha yangiliklar, olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari, Turkiya oliy taʻlim tizimi, xorijiy talabalar uchun dasturlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Muloqotda mehmonlar oʻquvchilarimizning turk tili boʻyicha bilimlariga yuqori baho berdi.