#COP29
#Ozarbayjon
⚡️Oʻqituvchimiz iqlim oʻzgarishi boʻyicha xalqaro oromgohda ishtirok etmoqda
Ozarbayjon davlatida COP29 doirasida tashkil etilgan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha yozgi oromgohda dunyoning turli mamlakatlaridan 75 nafar yosh o‘qituvchi yig‘ildi.
Ozarbayjon Respublikasi ekologiya va tabiiy resurslar, yoshlar va sport vazirliklari, BMT Taraqqiyot dasturi ofisi, UNICEF vakolatxonasi, ADA universiteti, UNESCO, IRENA, FEE, Teach for All global tarmog‘ining Iqlim ta’limi ofisi hamkorligi va ko‘magida oʻtkazilayotgan mazkur oromgohda ishtirokchilar iqlim o‘zgarishi va umuman COP jarayoni haqida xabardorligini oshiradi, ekologik madaniyat va bilimlarni ta’limga integratsiya qilish imkoniyatlarini amalga oshirish uchun yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Ayni vaqtda Namangan, Toshkent shahridagi Prezident maktablari o‘qituvchilari Abrorjon Sadriddinov hamda Maxfuza Chulliyeva O‘zbekistondan vakil sifatida mazkur oromgohda ishtirok etmoqda.