#seminar_trening
#ijod_maktablari
Agentlik tizimidagi ijod maktablarida 2024-yil 23-25-dekabr kunlari ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili, matematika va biologiya fanlaridan ChSB sinovlari oʻtkazilgan edi.
ChSB sinovlari natijalarini tahlil qilish hamda metodik tavsiyalar berish maqsadida Agentlik tomonidan ijod maktablari pedagogik jamoalari ishtirokida "Natijaga asoslangan yondashuv: tahlil va tavsiyalar" nomli onlayn seminar-trening oʻtkazilmoqda.
Seminarda trener sifatida oʻquvchilari yuqori natija koʻrsatgan fan oʻqituvchilari biriktirilgan boʻlib, Agentlik masʼul xodimlari tomonidan ZOOM platformasi orqali olib borilmoqda.
Onlayn seminar-trening joriy yilning 10-yanvariga qadar davom etadi.