BOʻSH ISH OʻRINLARI YUZASIDAN EʼLON

#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

❗️O‘Z SOHASIDA YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN  PEDAGOG KADRLAR DIQQATIGA!

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI 
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga pedagog kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 5–15-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

⏰ Hurmatli rahbar va pedagog kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
➖ o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
➖mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
➖ xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂Talab etiladigan hujjatlar:
• nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
• bakalavr/magistraturani tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
• malaka toifa sertifikati;
• til bilish va mutaxassislik fani boʻyicha sertifikati.

✅ Nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
➖ halollik, ishchanlik va jamoada ishlay olish qobiliyati;
➖ liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
➖ xorijiy tillarni bilgan nomzodlarga ustunlik beriladi.

👨‍🏫 Talabgor o‘qituvchilar eng kamida 2-malaka toifasiga ega bo‘lishlari shart, til bilish va mutaxassislik fani bo‘yicha sertifikat tanlovda ustuvorlik beradi.

📆Hujjatlarni 5–15-avgust (shu kuni ham) kunlari job.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)