Andijon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda boʻlishdi.
Harbiy qism maʼmuriyati tomonidan oʻquvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan reja asosida bir qancha tadbirlar tashkil etildi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarning maʼnan yetuk boʻlib ulgʻayishiga, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishlarini ortishiga xizmat qiladi.