Agentlik axborot xizmati tomonidan jarayonni o'rganish maqsadida so'rovnoma o'tkazildi. Ushbu so‘rovnomada 1500 nafar kishi qatnashdi. Natijalar esa quyidagicha:
- Respublikamizning qaysi hududidan ariza topshirmoqdasiz?
Eng ko‘p: Toshkent shahridan 11.7 %
Eng kam: Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 3.2 % - Prezident maktablariga qanday hujjat topshirish haqida ma’lumotga egamisiz?
Ha, portal.piima.uz orqali online topshiraman - 50.8%
Yo‘q, qaysi saytda topshirish kerakligini bilmayman-10.1 %
Allaqachon topshirdim - 21.7 %
Endi topshirmoqchiman - 17.3 % - Portal.piima.uz sayti orqali hujjat topshirishda nimada qiyinchilikka duch kelyapsiz?
Hujjatlarni yuklashda- 41.7 %
Fotosurat va tabel – 28.2 %
Ma’lumotnoma to‘ldirish- 17.6 %
Arizani saqlash – 12.6 % - Prezident maktablariga arizangiz qabul qilindimi?
Ha, qabul qilindi- 26.8 %
Yo‘q, tahrirga berildi – 37.2 %
Javob kutyapman – 36 %
So‘rovnomadan bilishimizcha, ariza topshirish asosan talabgorning ota-onasi tomonidan amalga oshirilgan, maktab ma’muriyati hamda boshqa shaxslar yordamida hujjat topshirish esa nisbatan kam.