BOTIR ZOKIROVNING "RA’NO" QOʻSHIGʻIDAN ILHOMLANIB

Ruhing bilan titratib yerni.
Seni maftun etgan oʻziga
Oʻshal Ra’no men boʻlsam edi.

Ovozingda qoldim yoʻqolib,
Sensizlikda koʻrmadim ma’no.
Xayolimni ketyapti olib,
“Barcha gullardan a’lo Ra’no...”

Ishq sepib ishq boʻshliqlariga,
Aytsam edi ismingni toʻlib.
Yashab sening qoʻshiqlaringda,
Qolsam edi Ra’noying boʻlib!

✍️ Sarvinoz Tursunova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10 – sinf oʻquvchisi.