Agentlik tizimidagi maktablarda o‘quvchilarda har tomonlama zukkolik va topqirlikni shakllantirishni ko‘zlab turli tanlov va bilim musoboqalari o‘tkazib boriladi.
Jumladan, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ham o‘qituvchilar sardorligidagi guruhlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual saralash o‘yinining uchinchi bosqichi o‘tkazildi.
O‘yin tashkilotchisi tomonidan tayyorlangan Amir Temurning hayot yo‘lida amalga oshirgan ishlari, buyuk sarkarda ekanligini ochib beruvchi savollar bo‘yicha bellashdilar.
Shuningdek Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi bo‘yicha turli tadbirlar, targ‘ibot – tashviqot ishlari olib borilmoqda. Tadbir avvalida maktabning ijodkor o‘quvchilari tomonidan she’r, qo‘shiq va raqslar taqdim etildi.