Qabul qilish tartibi

Prezident maktablariga 4-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.

1 Bosqich
Hujjatlar onlayn tarzda ariza.piima.uz veb-sayti orqali qabul komissiyasiga topshiriladi

1. Talabgorning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi

2. Talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati

3. O‘quvchining tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi

4. Talabgor hamda uning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqorolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari

2 Bosqich
Imtihon bosqichlari

1-bosqich. Saralash imtihoni Matematika fanidan 30 ta topshiriqdan iborat test.

2-bosqich quyidagilardan iborat bo‘ladi:

2.1. Matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta test

2.2. Ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 test

 

3 Bosqich
Nomzodlarning umumiy ballari bo‘yicha ro‘yxatini e’lon qilish

Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Imtihon natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi. Imtihon natijalari bo‘yicha imtihon materiallari nomzodlarga taqdim etilmaydi.

Ijod maktablariga belgilangan kvota doirasida tegishli sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.

1 Bosqich
Hujjatlar onlayn tarzda veb-sayt orqali qabul komissiyasiga topshiriladi

1. Talabgorning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi

2. Talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati

3. O‘quvchining tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi

4. Talabgor hamda uning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqorolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari

2 Bosqich
Imtihon bosqichlari

Ona tili va adabiyot yo‘nalishiga:
1-bosqich. ijodiy matn yaratish;
2-bosqich. ijodiy suhbat;
3-bosqich. ona-tili va adabiyoti fanidan 20 test, ingliz tili fanidan 15 test hamda intellektual qobilyat darajasi bo‘yicha 15 test.

 

Xorijiy til (ingliz tili) yo‘nalishiga:
1-bosqich. ijodiy matn yaratish;
2-bosqich. ijodiy suhbat;
3-bosqich. ingliz tili fanidan 20 test, ona-tili va adabiyoti fanidan 15 test hamda intellektual qobilyat darajasi bo‘yicha 15 test.

3 Bosqich
Nomzodlarning umumiy ballari bo‘yicha ro‘yxatini e’lon qilish

Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

 

Ixtisoslashtirilgan maktablarga belgilangan kvota doirasida tegishli sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.

1 Bosqich
Hujjatlar onlayn tarzda veb-sayt orqali qabul komissiyasiga topshiriladi

1. Talabgorning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi

2. Talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati

3. O‘quvchining tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi

4. Talabgor hamda uning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqorolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari

2 Bosqich
Imtihon bosqichlari

Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:

5-7-sinflar uchun matematika fanidan 30 test, ingliz tili fanidan 15 ta test;


8-11-sinflar uchun algebra fanidan 12 ta test, geometriya fanidan 8 ta test, fizika fanidan 10 test va ingliz tili fanidan 15 test.

Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:

7-sinflar uchun tabiiy(science) fanidan 30 ta test, ingliz tili fanidan 15 test;


8-11-sinflar uchun biologiya fanidan 10 test, kimyo fanidan 20 test, ingliz tili fanidan 15 test.

3 Bosqich
Nomzodlarning umumiy ballari bo‘yicha ro‘yxatini e’lon qilish

Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Al Beruniy hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar belgilangan kvota doirasida tegishli sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.

1 Bosqich
Hujjatlar onlayn tarzda veb-sayt orqali qabul komissiyasiga topshiriladi

1. Talabgorning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi

2. Talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati

3. O‘quvchining tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi

4. Talabgor hamda uning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqorolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari

2 Bosqich
Imtihon bosqichlari

Axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha:

5-sinflar uchun matematika fanidan 30 ta test (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tili fanidan 15 ta test

Biologiya va Kimyo yo‘nalishi bo‘yicha:

7-sinflar uchun tabiiy (science) fanidan 30 test va ingliz tili fanidan 15 test

Fizika va astranomiya yo‘nalishi bo‘yicha:

7-sinflar uchun matematika fanidan 30 ta test (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tili fanidan 15 test

3 Bosqich
Nomzodlarning umumiy ballari bo‘yicha ro‘yxatini e’lon qilish

Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Al Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga kirish imtihoni natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi. Imtihon natijalari bo‘yicha imtihon materiallari nomzodlarga taqdim etilmaydi.

1 Bosqich
Hujjatlar onlayn tarzda ariza.piima.uz veb-sayti orqali qabul komissiyasiga topshiriladi

1. Oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati

2. Oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari

3. 086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma

4. Hujjat topshirish jarayonida oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi toʻgʻrisidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi

2 Bosqich
Imtihon bosqichlari

1-bosqich:

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:

Umumjismoniy tayyorgarlik – 30 ball (6 ta yoʻnalish boʻyicha);

Texnik-taktik tayyorgarlik – 70 ball (3 ta yoʻnalish boʻyicha).

2-bosqich:

1-4-sinflar uchun psixologik test 10 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 15 ta test, jami 25 ta test shaklidagi topshiriq beriladi;

har bir psixologik test uchun 2 balldan jami 20 ball, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 1 balldan jami 15 ball beriladi. Jami test topshiriqlari uchun 35 ball beriladi;

 

5-11- sinflar uchun psixologik test 15 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 20 ta test, jami 35 ta test shaklidagi topshiriq beriladi;

har bir psixologik test uchun 2 balldan jami 30 ball, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 1 balldan jami 20 ball beriladi. Jami test topshiriqlari uchun 50 ball beriladi.

3 Bosqich
Nomzodlarning umumiy ballari bo‘yicha ro‘yxatini e’lon qilish

Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.